Savol-javob
Ko‘p so‘raladigan savollar
Ota-onalar va o‘quvchilar tomonidan eng ko‘p beriladigan savollarga aniq va ochiq javoblar.
4-sinf va 6-sinf o'quvchilari uchun — hududiy ixtisoslashtirilgan maktablarga kirmoqchi bo'lganlar uchun.
Hozirda 4-sinf va 6-sinf o'quvchilari uchun maxsus dasturlar mavjud.
4-sinf: Matematika va Ingliz tili. 6-sinf: Tabiiy fanlar va Ingliz tili.
Haftada 6 kun — dushanba dan shanba gacha.
Har bir dars 90 daqiqa davom etadi.
8 oylik tizimli tayyorlov: Noyabrdan Iyungacha. Dastur Iyul oyidagi qabul imtihoniga to‘liq moslashtirilgan.
Oylik to‘lov rasmiy tarif bo‘yicha belgilangan bo‘lib, chegirma davrida 490 000 so‘m (asosiy narx: 690 000 so‘m). Narx ichiga barcha jonli darslar, xatolar tahlili (razbor), uyga vazifa nazorati, mock-testlar va ota-onaga haftalik hisobot to‘liq kiradi.
Ha, barcha darslar onlayn o'tkaziladi — O'zbekistonning istalgan nuqtasidan qatnashish mumkin.
Oddiy smartfon yoki kompyuter va barqaror internet yetarli. Hech qanday maxsus qurilma sotib olish shart emas.
Tabiiy fanlar (Science) va Ingliz tili bo‘yicha savollar uch darajada beriladi: Bilish, Qo‘llash va Mulohaza qilish. Dasturimiz har uchala darajani alohida mashq qildiradi.
Avvalo 'Boshlang‘ich diagnostikaga yozilish' orqali ariza qoldiring. Diagnostika natijasiga ko‘ra o‘quvchiga mos guruh taklif etiladi va kursga qabul amalga oshiriladi.
Boshlang'ich diagnostika o'quvchining bilim darajasini aniqlab, individual o'qitish rejasini tuzishga yordam beradi.
Ota-ona o'z kabinetiga kirishi mumkin. U yerda farzandining davomati, uy vazifalari, test natijalari va rivojlanish hisobotlari ko'rsatiladi.
Boshqa savollaringiz bormi?
Administratorimiz sizga yo‘nalishlar, dars jadvali va boshlang‘ich diagnostika bo‘yicha batafsil ma’lumot beradi.
Farzandingiz bilim darajasini bugunoq aniqlang
30 ta savollik bepul diagnostika orqali kuchli va zaif mavzular aniqlanadi — so‘ng mos guruh taklif etiladi.